Logotip
Xayrli Kun, Mehmon

Diyorjon Turopov terma jamoamizga omad tiladi

- "Paxtakor"ga qarshi bahs uchun tayyorgarlik alo darajada ketmoqda. Murabbiylarning ko'rsatmalari asosida mashg'ulotlarni kuchaytiryapmiz. Jamoaning bir necha futbolchilari milliy termaning yig'iniga borib qo'shilgan. Albatta, etakchi futbolchilarning o'rni har qanday jamoada bilinadi.

3 oy davomida jarohatim sababli "Lokomotiv"ning o'yinlarida qatnasha olmadim. Jamoada raqobat juda ham kuchli. Barcha futbolchining o'rnini yopa oladiganlar bor. "Buxoro"ga qarshi bahsda jismoniy holatim tomondan biroz qiynaldim. Ammo asta-sekinlik bilan oldingi jangovor holatimni tiklamoqdaman. Xudo xohlasa keyingi o'yinlarda jamoaga iloji boricha ko'proq yordam berishga harakat qilaman.

SHu fursatdan foydalanib, O'zbekiston milliy termasiga omad tilayman

O'xshash yangilik
Barcha fikrlar: 0
Fikr bildirish uchun Ro'yxatdan o'tish lozim!

Fikrlar

Fikrlar yo'q birinchi bo'l!
© UzFutbol.Ru - 2018
UzMasterS.Ru