Logotip
Xayrli Kech, Mehmon

“Navbahor” – “Paxtakor” 1:2 LIVE. ONLAYN

Ushbu sahifada o'yinning natijasini kuzatib borish mumkin. 



O'yin boshlandi. 6-daqiqada Dragan CHeran birga bir vaziyatda to'pni sherigiga uzatishda qo'pol xatoga yo'l qo'ydi. Juda qulay imkoniyat boy berildi. 14-daqiqada Masharipov tepgan to'pni Ergashev qiyinchilik bilan darvoza ustidan urib yubordi.

25-daqiqada SHerzod Karimovning zarbasi kuchsiz chiqdi. Keyingi hujumda Gonsalvesh himoyachidan to'pni egallab olib, jarima maydoni ichidan noaniq zarba berdi. 38-daqiqada Golbanning yaqin masofadan tepgan to'pini Suyunov ushlab qoldi.

40-daqiqada Ayubxon No'monov hisobni ochdi - 1:0. 

48-daqiqada Masharipovning burchakdan oshirgan to'pini Dragan boshi bilan darvozaga yo'lladi va to'p to'singa tegib darvoza ichiga tushdi - 1:1. 

51-daqiqada CHeranning aniq zarbasini Ergashev qiyinchilik bilan qaytardi, qaytgan to'pni darvozaga yo'llagan Masharipovning goli ofsayd tufayli bekor qilindi. 

60-daqiqada Gonsalveshning bosh bilan bergan zarbasi noaniq chiqdi. 

71-daqiqada  Golban to'pni qo'li bilan o'ynagani sababli penalti belgilandi. Ismoil Gonsalvesh 11 metrli jarima to'pidan gol urdi - 1:2.


14 sentyabr, juma
“Navbahor” – “Paxtakor”  1:2 LIVE
Hakamlar:
Aziz Asimov, Ruslan Seraziddinov, Alisher Usmonov, Akmal Rahimov.
Nazoratchi: Dmitriy Roman.
Komissar: Mamur Saidqosimov.

Gollar: Ayubxon No'monov 40, - 1:0. Dragan CHeran 48, - 1:1 (Jaloliddin Masharipov).  Ismoil Gonsalvesh 72, - 1:2.

"Navbahor": 1.Botirali Ergashev, 5.Igor Golban, 7.SHerzod Karimov, 10.Azizbek Turg'unboev, 8.Ayubxon No'monov, 9.Dilshod Jabborov, 19.Mirzohid G'ofurov, 21.Azam Aliev, 24.Davron Hoshimov, 30.Darko Nikach, 44.Darko Stanoevich
Zaxira: 45.Akbar To'raev, 14.Ilhom Boydedaev, 15.Azamat Allaniyozov, 17.Sardor Sulaymonov, 27.Ravshan Do'smatov, 33.Tomislav Payovich, 35.Dilshod Hamroev, 77.Muzaffar Abdullaev, 99.Sarvar Soliev

"Paxtakor": 25.Eldorbek Suyunov, 2.Akmal SHorahmedov, 4.SHerzod Azamov, 7.Azim AHmedov, 8.Dilshod Rahmatullaev, 9.Jaloliddin Masharipov, 11.Ismoil Gonsalvesh, 15.Egor Krimec, 34.Farrux Sayfiev, 69.Dragan CHeran, 77.Tiago Bezerra
Zaxira: 12.Aleksandr Lobanov, 3.Xojiakbar Alijonov, 6.Jahongir Ahmadov, 10.Jamshid Iskanderov, 18.Bahrom Abdurahimov, 21.Kamoliddin Tojiev, 22.Jasur Yaxshiboev, 29.Vladimir Kozak, 88.Igor Sergeev

Ogohlantirishlar: Egor Krimec 29, Davron Hoshimov 29,

O'xshash yangilik
Barcha fikrlar: 0
Fikr bildirish uchun Ro'yxatdan o'tish lozim!

Fikrlar

Fikrlar yo'q birinchi bo'l!
© UzFutbol.Ru - 2018
UzMasterS.Ru